Yunusobod tumanida erkak O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ikki laylak va ikkita lochinni sotmoqchi bo‘ldi. Qushlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilib, erkak 3,3 million so‘m jarimaga tortildi.
Zomin qo‘riqxonasi xodimlari yovvoyi hayvonlarni bahorgi sanoqdan o‘tkazish jarayonida yangi tug‘ilgan uchta bo‘ri bolasini topishdi. Avvalroq Tabiat resurslari vazirligi Zarafshon qo‘riqxonasida ikkita bug‘u bolasi dunyoga kelganini xabar qilgan edi.
O‘zbekistonda daraxtlarni raqamli inventarizatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Loyiha 3 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda Tabiat resurslari vazirligi sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarni tahlil qilib, mamlakatning “Yashil indeks”ini aniqlamoqchi. Hozir Sirdaryo viloyatida sinov ishlari ketmoqda.
“Surxon” davlat qo‘riqxonasidan Buxoro tog‘ qo‘yining bolasini noqonuniy olib ketishga uringan ikki erkak ushlandi. Tezkor reyd tadbiri davomida qo‘lga olingan huquqbuzarlar Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida istiqomat qilishi aniqlandi. Ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Tabiat resurslari vazirligi 10-mayga qadar davom etadigan “Toza havo” oyligi doirasida vazirlik, korxona va hokimliklarning barcha xodimlarini har jumani “Avtomobilsiz kun” sifatida o‘tkazishga chaqirdi.
Poytaxtda “Daraxtlarni asraylik” shiori ostida ekoaksiyaga start berildi. Unda daraxtlar beton, asfalt va sun’iy qoplamalardan tozalanadi. Aksiya dastlab Olmazor tumanida, so‘ng bir oy ichida boshqa barcha hududlarda o‘tkaziladi. Keyinchalik uni butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov Qashqadaryoda noyob ayiq otib o‘ldirilganiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayiq aslida aholiga xavf tug‘dirmagan, hokimiyatga esa uni o‘ldirmaslik haqida tavsiya berilgan. Vazirning fikricha, tabiatga bunday munosabat “vahshiylik” va juda katta jinoyat.
O‘zbekistonning har bir tuman va shahrida havo ifloslanishini nazorat qiluvchi kichik avtomatlashtirilgan stansiyalar o‘rnatiladi. Ularning ma’lumotlari asosida hududlarning havo tozaligi reytingi shakllantirilib, mansabdor shaxslar ishiga baho berib boriladi, deya ma’lum qilindi prezident bilan uchrashuvda.
Chiroqchi tumanidagi qishloqlardan biriga kelib qolgan qo‘ng‘ir ayiq harakatsizlantirilib, tabiatga qaytarilishi rejalashtirilgandi. Biroq tuman IIB boshlig‘i buyrug‘i bilan jonivor “aholi xavfsizligi uchun” otib o‘ldirildi. Voqeaga sababchi mas’ullarga intizomiy jazo choralari ko‘rilishi belgilandi.
Sardoba suv omborida fuqarolar 3 kun davomida 530 bosh baliqni noqonuniy ovlagani aniqlandi. Buning oqibatida hayvonot dunyosiga 280 mln so‘m zarar yetgan.
Qashqadaryoda 30 tup manzarali daraxt, Toshkent viloyatida esa 48 tup pista daraxti o‘tin qilish uchun kesib tashlangani aniqlandi. Xususan, Qarshi shahrida o‘simlik dunyosiga 151 mln so‘m zarar yetgan.
«Yashil makon» loyihasining bahorgi mavsumi boshlandi. Bu davrda poytaxtda 625 ming dona manzarali, mevali va boshqa turdagi daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish belgilangan. Shuningdek, yil davomida 100 gektar maydonda yangi bog‘ tashkil qilinadi.
Tabiat resurslari vazirligi fotoqopqonlarga tushib qolgan hayvonlarning foto va video tasvirlarini e’lon qildi. Ularda, jumladan, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jonivorlar ham aks etgan.
O‘zbekistonda 2022 yilda daraxt va butalarni noqonuniy kesish bo‘yicha 4599 ta holat aniqlangan. Taqqoslash uchun, 2021 yilda 8243 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 10 mlrd so‘mga baholanmoqda. Qurilish maydonchalarida to‘siqlar bilan o‘ralgan 24 ming daraxt xavf ostida qolmoqda.
Tabiat resurslar vazirligi Zomin qo‘riqxonasidan ikki bo‘ri va bir Turkiston silovsini tasvirlangan fotoqopqon suratlarini namoyish etdi.
Zomin tumanida fuqaro xonadonida bo‘rini noqonuniy tarzda tutqunlikda saqlab kelayotgani aniqlandi. Unga nisbatan 3 mln so‘m jarima belgilandi. Ayni paytda bo‘rini tabiat qo‘yniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Buxoro ixtisoslashtirilgan «Jayron» pitomnigidagi 31 bosh turkman quloni «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasiga qo‘yib yuborildi.
Tabiat resurslari vazirligi bokschi Fazliddin G‘oibnazarov ishtirokidagi ov jarayonida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgani va tabiatga zarar yetkazilganini tasdiqladi. Vazirlik sportchining sherigi ov qilish huquqiga ega ekanini qayd etdi. Biroq tarqalgan videoda bokschining ham quroldan o‘q uzgani aks etgan edi.
2023 yilda Tabiat resurslari vazirligiga qarashli 5 ta qo‘riqxonaning boshqaruv tizimi yaxshilanadi. Bu ishlar uchun davlat budjetidan 19,5 mlrd so‘m ajratilmoqda. «Mazkur mablag‘ga fotoqopqonlar, dronlar, kameralar sotib olinadi, ilmiy salohiyat va laboratoriyalar kuchaytiriladi», — dedi vazirlik vakili.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting